XizmatlarLoyihalarBiz haqimizda
Loyiha boshlash
Zumar Soft

G'oyalarni kuchli raqamli mahsulotlarga aylantiramiz.

Navigatsiya

  • Bosh sahifa
  • Biz haqimizda
  • Xizmatlar
  • Loyihalar
  • Bog'lanish

Aloqa

  • zumardevs@gmail.com
  • t.me/zumarsoft

© 2026 Zumar Soft. Barcha huquqlar himoyalangan.

Loyihalar

Davomat

Telegram bot·2026
Ko'rish
Davomat

Stroymir 777 — Xodimlar davomati va maosh avtomatlashtirish tizimi.


Telegram Mini App orqali davomatni kuzatish va maoshni avtomatik hisoblovchi to'liq tizim.


Stroymir 777 — Andijon viloyatidagi yirik qurilish mollari do'koni. Ko'p sonli xodim bilan ish vaqtini qo'lda kuzatish, kechikishlarni hisobga olish va har oy maoshni qo'lda hisoblash katta vaqt talab qilar va xatoliklarga olib kelardi. Turli toifadagi xodimlar (oylik, kunlik, soatlik) uchun adolatli va shaffof hisob-kitob tizimi kerak edi.


Telegram Mini App + bot + admin paneldan iborat to'liq tizim yaratdik. Xodim telefon raqami orqali bir bosishda ro'yxatdan o'tadi — hech qanday PIN yodlash shart emas. "Men keldim" / "Men ketdim" tugmalari Telegramning lokatsiya funksiyasi bilan ishlaydi, geofencing esa faqat ofis hududida (sozlanadigan radius) check-in qilishni ta'minlaydi. Admin panelida xodimlarni boshqarish, davomatni real vaqtda kuzatish, ta'tillarni belgilash va oylik hisobotlarni avtomatik shakllantirish mumkin.


Tizimning yuragi — maosh hisoblash dvigateli. U xodim toifasiga qarab (oylik/kunlik/soatlik) kechikish jarimalari, foydalanilmagan dam olish kunlarini qaytarish va to'liq bajarish bonuslarini avtomatik hisoblaydi. Yoshi katta xodimlar uchun katta tugmali zaxira interfeys ham mavjud.


React 18 · TypeScript · Tailwind · Zustand · Node.js 22 · Express · Prisma · PostgreSQL 16 · grammY · Docker · Caddy


Qo'lda hisob-kitob butunlay yo'q qilindi — maosh har oy avtomatik, xatosiz hisoblanadi. Davomat real vaqtda shaffof bo'lib, geofencing soxta check-in'larning oldini oladi. AES-256-GCM shifrlash va JWT autentifikatsiya bilan barcha maxfiy ma'lumotlar himoyalangan.


Yakunlangan va ishlab turibdi · 2026